Xorazmda sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oshiriladi

eʼlon qilindi
Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab
Rasm: Unsplash

16-iyundan Xorazm viloyatida iste’molchilar uchun sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oshiriladi, deb xabar qildi «Oʻzsuvta’minot» matbuot xizmati.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ichimlik suvining bir kub metr narxi Xorazm aholisi uchun QQSiz 3,5 ming so‘m, davlat tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 8 ming so‘m bo‘ladi.

Viloyat aholisi uchun kanalizatsiya xizmatlarining tariflar kub metr uchun 1,7 ming, byudjet tashkilotlari va ulgurji savdo korxonalari uchun – 2,8 ming so‘m.

«O‘zsuvta’minot» kompaniyasi viloyatda Pitnak suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilayotganini alohida ta’kidladi. Modernizatsiya ishlari uning quvvatini 400 ming kub metrga yetkazadi.

Shuningdek, Xorazmda suv tozalash inshooti quriladi, Urganch, Xiva, Pitnak va Gurlan tumanida kanalizatsiya tizimlari yangilanadi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning aprel oyi boshidan Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflar oshirilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek