Yangiliklar

Beeline Uzbekistan’ning daromadi 3,15 trln so‘mgacha oshdi

Bu kompaniyaning o‘tgan yilgi faoliyati natijasidir
Rasm: Beeline

Beeline Uzbekistan’ning 2023-yildagi daromadi 3,15 trillion so‘mni tashkil etib, 22,6 foizga o‘sdi, deyiladi VEON hisobotida.

O‘tgan yili mobil operatorning operatsion daromadi (EBITDA) 1,3 trln so‘mga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan deyarli 4 foizga kam.

2024-yil yanvar oyi boshida abonentlar soni 8,4 mln kishini tashkil etdi, shu bilan birga, 6,2 mln kishi 4G aloqasidan foydalanadi.

2023-yilda Beeline Uzbekistan butun respublika bo‘ylab 4G tarmog‘i qamrovini kengaytirishda davom etdi. Bundan tashqari 1,7 mingdan ortiq baza stansiyalari ishga tushirildi, bu 142 tuman va 61 shaharda aloqani yaxshilash imkonini berdi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yil yozida virtual uyali aloqa operatorlari uchun davlat boji 83 foizga kamaytirilgani haqida e’lon qilgan edi.