Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi: Ashxobod bog‘idagi vaziyat nazorat ostida

Vazirlik bayonot berdi
Rasm: Tonkosti turizma

Toshkentning Ashxobod bog‘i hududidagi vaziyat nazorat ostida, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

«Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan», deyiladi xabarda.

Poytaxtimizda Bolalar kuni munosabati bilan jamoat joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinchoqlarni tekin tarqatish bo‘yicha aksiyalar to‘xtatildi, deya ta’kidladi IIV.

Odamlarning ko‘pligi va tirbandlikka Ashxobodda bepul o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi ma’lumot sabab bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» «O‘zbekiston temir yo‘llari» bir ayol va bolaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etganini e’lon qilgan edi.