IHT turizm sohasidagi raislik O‘zbekistonga o‘tdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tashkilotga a’zo mamlakatlar turizm vazirlarining yig‘ilishi Xivada bo‘lib o‘tmoqda
Rasm: Kursiv

31-may, juma kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar turizm vazirlarining Xivada boʻlib oʻtayotgan yigʻilishida Oʻzbekistonga xalqaro tadbirni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani uchun minnatdorlik bildirildi, deb xabar beradi «Kursiva» muxbiri.

Mamlakatda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar turizm tashkilotiga raislik Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston raisligida Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik, jumladan, yashil va barqaror turizm, aqlli turizm, sayyohlik logistikasi va boshqa yo‘nalishlarda samarali loyiha va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.

Avvalroq «Kursiv» Xivaning IHT poytaxti etib saylanishi Xorazm viloyati turizmiga qanday ta’sir qilishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek