Toshkentliklarga shaxsiy avtomashinada istirohat bog‘lariga bormaslik tavsiya qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda shahar ichki ishlar boshqarmasi bayonot berdi
Rasm: Unsplash

Toshkent shahri aholisidan poytaxtimizdagi istirohat bog‘lari va ko‘ngilochar maskanlarga shaxsiy avtomashinada emas, jamoat transportida kelishga chaqirildi, deyiladi shahar IIB xabarida.

Boshqarmada bolalar bayramini nishonlash munosabati bilan poytaxtdagi istirohat bog‘larida tadbirlar tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

«Biroq ko‘plab fuqarolar tadbirlarga shaxsiy transportida kelayotganligi sababli hozirda poytaxtimizda tirbandliklar kuzatilmoqda», ta’kidladi shahar ichki ishlar boshqarmasi.

Toshkentliklarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transporti qatnovi ko‘paytirildi.

Eslatib oʻtamiz, tushlik vaqtida poytaxtning Ashxobod bogʻi hududida oʻn ballik tirbandlik va tiqilinchlar qayd etilgan edi. «Yandex Probki» xizmati ma’lumotlariga koʻra, soat 14:35 da ushbu hududda tirbandlik sakkiz ball deb baholangan.

Shuningdek