«Baxti Tashkentskiy» ustidan sud boshlandi
eʼlon qilindi
Jinoyat ishi Yashnobod tumanida ko‘rib qichiladi
Baxtiyor Qudratullayev («Baxti Tashkentskiy» nomi bilan mashhur) ustidan ochiq sud jarayoni 3-iyun, dushanba kuni soat 10:00 da boshlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov.
Sud Toshkent shahar Yunusobod tumani sud binosida bo‘lib o‘tadi.
Qudratullayevdan tashqari yana 36 kishi sudga tortiladi. Ularga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalari bilan sud qilinadi.
Avvalroq «Baxti Tashkentskiy» 2023-yil dekabrida qo‘lga olingani xabar qilingan edi. U giyohvandlik moddalarini saqlash va tovlamachilikda ayblanmoqda.