3-iyun, dushanba kuni OPEK+ davlatlarining neft qazib olishni qisqartirish rejimini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori tufayli jahon bozorida neft narxi koʻtarildi. Bu haqda «Trading Economics» portali xabar bermoqda.
Unga koʻra, Brent fyucherslari bir barrel uchun $81,5 dan oshdi. WTI nefti narxi esa $77,5 gacha koʻtarildi.
Fond bozorida Exxon Mobil (+3,11%), 3M (+2,14%) va Intel (+2,09%) qimmatli qogʻozlari qiymati oʻsib bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» OPEK+ a’zolari 2025-yilda har kuni 39,72 million barrel neft ishlab chiqarishga qaror qilishgani haqida xabar bergan edi.