Oʻzbekistonda qancha xorijiy korxona tashkil etildi
eʼlon qilindi
Joriy yil boshidan beri
Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar–aprel oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 1,2 mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi korxonalarning aksariyati – 506 tasi savdo sohasida tashkil etilgan. Ikkinchi oʻrinda (192) sanoat, uchinchi oʻrinda (97) axborot aloqa sohasida tashkil etilgan.
Shuningdek, qurilish, umumiy ovqatlanish, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, transport sogʻliqni saqlash kabi sohalarda ham xorijiy korxonalar tashkil etilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qaysi sohada kompaniyalar koʻpligi haqida xabar bergan edi.