Yangiliklar

Qancha egizak chaqaloq Oʻzbekistonda tugʻilgani ma’lum boʻldi

Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: Patryk_Kosmider / depositphotos.com

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilgan egizak chaqaloqlar soni 6 329 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur davr mobaynida tugʻilgan oʻgʻil bolalar soni 3209 nafarni, qiz bolalar esa 3120 nafarni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda umumiy hisobda 274,5 ming nafar chaqaloq tugʻildi.

Avvalroq «Kursiv» mamlakatdagi ayollar va erkaklar soni haqida xabar bergan edi.