OPEK+ neft qazib olishni qisqartirishga kelishib oldi
eʼlon qilindi
2-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma'lum qilindi
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK+) a’zolari xomashyo qazib olishni qisqartirish rejimini 2025-yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» nashri tuzilmaning ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
2-iyun kuni OPEK+ yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Alyans a’zolari 2025-yilda har kuni 39,72 million barrel neft qazib olishlarini ta’kidladi. Bu hozirgidan kamroq (40,46 million barrel).
Ma’lumot uchun, OPEK+ mamlakatlari global neft qazib olishning qariyb 40 foizini tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda global neft talabi kuniga 2,2 million barrelga oʻsishi mumkinligini haqida xabar bergan edi.