Qozogʻiston iste’molga yaroqsiz pomidorlarni Oʻzbekistonga qaytarib yubordi
eʼlon qilindi
Pomidorda xavfli virus borligi aniqlangan
Qozogʻiston 4,2 tonna zaharlangan pomidorni Oʻzbekistonga qaytardi. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasidagi davlat nazorati qoʻmitasi xabar bermoqda.
Partiya laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan. Uning natijalariga koʻra sabzavotlarda «pomidor jigarrang bujmayishi virusi» aniqlangan.
Turkmanistondan olib kelingan sabzavotlarda ham xuddi shunday kasallik aniqlangan. Turkiston viloyati bilan chegaraga 56,1 tonna pomidor yuklangan yuk mashinalari to‘xtatilgan.
Avvalroq «Kursiv» Turkmanistondan keltirilgan issiqxona pomidori oʻzbek pomidorini Tojikiston bozoridan siqib chiqargani haqida bergan edi.