Uzbekistan Airways’ning Antaliya va Toshkent o‘rtasidagi reys 2-iyundan 3-iyunga ko‘chirildi, chunki samolyot parvozga tayyor bo‘lmadi, deb xabar berdi aviatashuvchi.
Zaxiradagi samolyotda texnik ishlar olib borilayotganda yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.
Uchish bilan bog‘liq qiyinchiliklar 3-iyun kuni Antaliyaga parvozlar jadvalini o‘zgartirishga olib keldi. Shunday qilib, samolyot Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da, Antaliyadan soat 17:00 da uchadi.
Avvalroq «Kursiv» xuddi shu sabab bilan Kuala-Lumpurga parvoz kechiktirilgani haqida yozgan edi.