S&P Oʻzbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-/B” darajasida tasdiqladi
31-may kuni S&P Global xalqaro agentligi Oʻzbekistonning kredit reytingini «BB-/B» darajasida tasdiqlab, prognozni barqaror qoldirdi. Agentlik hisobotda mamlakatda 2017-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi boshlanganini ta’kidladi.
Mutaxassislarning taxminlarning koʻra, 2024-yildan 2027-yilgacha boʻlgan davrda oʻrtacha yillik iqtisodiy oʻsish 5,2 foizni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 0,8 foiz punktga past boʻladi.
2024-yilda inflyatsiya 11 foizga yetishi kutilmoqda, bu 2023-yilga nisbatan (9,1 foiz) yuqori. Agentlik buni tariflarning oshishi bilan izohlamoqda. Inflyatsiya asta-sekin pasayib, 2027 yilga borib 6,5 foizga yetishi kutilmoqda.
2023-yilda Rossiyadan pul oʻtkazmalari uchdan bir qismga qisqardi va taxminan $11 milliard tashkil etdi (YaIMning 11 foizi), lekin bu hali ham 2021 yilga nisbatan 40 foizga koʻpdir. 2024 yilning birinchi choragida pul oʻtkazmalari yiliga 9 foizga oshdi.
2023-yilda Oʻzbekiston eksportining 42 foizini tashkil etgan oltin narxlari 2024-yilda ham eksport oʻsishini ta’minlaydi. Lekin S&P oltin narxi 2024 yilning qolgan qismida hozirgi $2100 dan 2025 yilgacha bir unsiya uchun $2000 va 2026 yilda $1700 gacha tushishini prognoz qilmoqda.
Agentlik agar tashqi va davlat qarzi tez sur’atlar bilan oʻsishda davom etsa, shuningdek, moliyaviy va toʻlov risklarini oshirsa, ayniqsa, tegishli loyihalar boʻyicha rejalashtirilgan foydaga erishilmasa, reytinglarni pasaytirishi mumkin.
Agar islohotlar oʻrta muddatli istiqbolda kutilganidan yuqori iqtisodiy oʻsishni ta’minlasa, bu mamlakatning moliyaviy va tashqi holatiga ijobiy ta’sir koʻrsatsa, reytingni oshirishi mumkin.
Avvalroq «S&P Global Ratings» Turkiyaning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli reytingini «B» dan «B+» darajasiga koʻtargani haqida xabar berilgan edi.