UzAuto Motors deyarli barcha Malibu avtomobilini sotib boʻldi

eʼlon qilindi
Avtomobil narxi 420 mln soʻmni tashkil qiladi
Foto: Edaldridge / www.depositphotos.com

«UzAuto Motors» deyarli barcha Malibu avtomobilini sotib boʻldi. Buni kompaniya rasmiy saytida sotuvda mavjud avtomobil sonidan koʻrish mumkin.

3-iyun holatiga koʻra, sotuvda faqatgina mazkur avtomobilning bir modelidan 33 dona avtomashina qolgan. Ulardan 4 donasi kulrang, 13 donasi oq va 16 donasi qora rangda. Avtomobil narxi esa 420 mln soʻmni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida «General Motors» Malibu ishlab chiqarishni toʻxtatishi haqida ma’lum qilgan edi.

«Kursiv» nashri «UzAuto Motors» matbuot xizmatiga Malibu yana sotuvga qoʻyilish yoki qoʻyilmasligi masalasiga oydinlik kiritish uchun murojaat qildi. Javob olganimizda oʻquvchilarni xabardor qilamiz.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Cobalt ishlab chiqarish 1,5 barobar oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek