Auksionda qanday mashinalarni sotib olish mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
"Kursiv" foydalanilgan mashinalar narxlarini ko'rib chiqdi
Foto: ANDRANIK2017 / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillar nafaqat maxsus bozorlarda, balki elektron auksion saytida ham sotiladi. «Kursiv» ushbu platformadagi avtomobillar narxlarini ko‘rib chiqdi.

Foydalanilgan avtomobillarni e-auksion.uz sayti orqali topishingiz mumkin. Ushbu elektron savdo maydonchasi O‘zbekistonda prezident qarori bilan 2017-yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri elektron auksion bir necha bor kengaytirildi va hozirda mulk va unga bo‘lgan huquqlar 30 ga yaqin yo‘nalishlarda sotilmoqda. Bu avtomobillarga ham tegishli.

4-iyun holatiga ko‘ra, e-auksion.uz saytida 1,6 mingtaga yaqin yengil avtomobillar yangi lotlari bor. Masalan, Nexia 2’ning boshlang‘ich narxi salkam 37,5 million so‘mni tashkil etadi. Ammo kimoshdi savdosi shunday tuzilganki, eng yuqori narxni bergan kishi mashina oladi. Shuning uchun avtomobilning narxi oshishi mumkin. Bundan tashqari, siz ushbu auktsionni kutishingiz kerak. Masalan, yuqorida tilga olingan Nexia 2 uchun auksion 4-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tishi kerak.

Avtomobilning narxi uning holatiga bog‘liq. Masalan, platformada boshlang‘ich bahosi 75,4 million so‘m bo‘lgan Damas avtomobilini uchratish mumkin. Ammo o‘sha brendning arzonroq varianti bor – 29 million so‘mga. Arzon mashinada avval tez yordam xizmati tomonidan foydalanilganini ko‘rsatuvchi yozuv ko‘rinib turibdi.

Saytda qimmatroq mashinalar ham bor, masalan, Onix Premier 2 Turbo. Boshlang‘ich bahosi – 232,4 mln so‘m. Matiz yoki Spark kabi eski modellarni ham topish mumkin. Masalan, 19,8 million so‘mga Matiz topdik, 115,8 million so‘mlik Spark varianti ham bor.

Elektron auksionda yengil avtomobillardan tashqari yuk mashinalari, avtobuslar, maxsus texnika va boshqa transport turlari ham sotiladi.

Avvalroq «Kursiv» muxbiri Sergeli avtomobil bozoriga tashrif buyurib, eski mashinalar narxlarini o‘rgangan edi. Damas, Tracker va boshqa modellarning birlamchi bozorda qancha turadiganini ham yozdik.

Shuningdek