Bola parvarishi davrida ish staji qanday hisoblanadi
Bola uch yoshga toʻlgunga qadar ona parvarishlash ta’tillarida (dekret) boʻlish mumkin. Lekin jami koʻpi bilan olti yil ish stajiga qoʻshilishi qonunchilikda belgilangan. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Misol uchun, ayol kishining 30 yil mehnat staji davomida uch nafar farzandi uchun ish stajining sakkiz yili mobaynida parvarishlash (dekret) ta’tillarida boʻlgan boʻlsa, u holda fuqaroga pensiya tayinlash uchun ish staji hisoblashda jami 28 yil bo‘ladi.
Ya’ni bunga ona necha yil parvarishlash ta’tillarida boʻlishidan qat’i nazar, faqat olti yili hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, bolani parvarishlash ta’tilida boʻlish davri (shu jumladan, puli toʻlanadigan ta’tilda boʻlish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshilmaydi.
Avvalroq «Kursiv» qanday holda ayollar yoshga doir pensiyaga ertaroq chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.