Kibersport bo‘yicha jahon chempionati bosqichlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston Esport bo‘yicha jahon chempionati bosqichlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika Kibersport assotsiatsiyasi prezidenti Doniyor Djo‘rayev 3-4 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro o‘yinlar va animatsiya festivalida «Kursiv» muxbiriga ma’lum qildi.
«3-4 yil oldin assotsiatsiya ish boshlaganida respublikada jamoalar soni hozirgidan ancha kam edi. TIR 1 reytingida o‘zbek jamoalari kam, lekin koʻproq boʻlishini xohlardik. Shuning uchun Game Fest turnirlarini o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad – o‘yinlarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatish va Esportda yaxshi pul ishlashingiz mumkinligini isbotlash. Shu bois kelajakda ko‘proq jamoalar va sog‘lom raqobat bo‘lishini istayman. Oʻzbekiston kibersportida yangi jamoalar va yangi yuzlarni koʻrish bu mening armonim. Chunki har yili turnirda Oʻzbekistonda ikkita yoki uchta mashhur jamoalar gʻalaba qozonadi», deydi Doniyor Djo‘rayev.
Kibersport assotsiatsiyasi prezidenti festivalga Nodwin kompaniyasidan Samy Ouerfelli tashrif buyurgani, hozirgi kunda u va xalqaro kibersport assotsiatsiyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini aytdi. Yaqin orada O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha jahon chempionati bosqichlari bo‘lishi mumkin.
East Games direktori ham O‘zbekistonda o‘yin yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom etishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda avvalroq bitta yoki ikkita oʻyinlar yaratish studiyasi bo‘lgan. Hozir ularning soni ko‘paydi.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida barpo etilgan Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashganini e’lon qilgan edi.