Maosh 1080 yevro. Oʻzbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: rudi1976/depositphotos.com

«B» toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega oʻzbekistonliklarni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi yoʻnalishiga ishga taklif etmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oylik maosh 1080 yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Ish haftada 5 kunni tashkil qiladi. Xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.

Nomzodga qoʻyiladigan talablar:

Rus tilini bilish;

Yosh chegarasi 25 – 45;

Sohada 6 oylik tajriba.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar 6-iyun soat 18:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Avvalroq «Kursiv» xorijda mehnat faoliyatini olib borilayotgan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar joriy qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek