Meksikada prezidentlik saylovlari natijalari sarhisob qilindi. G‘alabani birinchi marta ayol – Klaudiya Sheynbaum, uchta chap partiya Sigamos Haciendo Historia koalitsiyasidan nomzod qo‘lga kiritdi (Tarix yaratishda davom etaylik), deb xabar berdi BBC.
Sheynbaum 1-oktabrdan rasman davlat rahbari lavozimiga kirishadi.
Sheynbaum 61 yoshda. U bioinjeneriya professori va allaqachon siyosiy tajribaga ega: u avval Mexiko shahrining meri bo‘lgan.
Meksikaning avvalgi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Sheynbaumning siyosiy ustozi sanaladi va bir partiya a’zolari. Uning prezidentlik muddati olti yil bilan cheklangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Indoneziyadagi saylov natijalari haqida e’lon qilgan edi.