Yangiliklar

O‘zbekiston harbiy taekvondochilari jahon chempionatida eng kuchli jamoa bo‘ldi

O‘zR vakillari 12 ta medalni qo‘lga kiritdi
Rasm: MOQ

1-3-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Hamyurtlarimiz Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov, Shuhrat Salayev, Nikita Rafalovich, Feruza Sodiqova, Gulsanam Alijonova oltin medallarga sazovor bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Madina Mirabzalova, Svetlana Osipova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bronza medallariga esa Samira Adashaliyeva, Zuhra Tojimatova, Marjona Primova, Ozoda Sobirjonova ega bo‘lishdi.

Turnir yakunida milliy terma jamoa oltita oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza (jami 12 ta) medalni qo‘lga kiritdi. Natijada O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida taekvondo markazi ochilishini e’lon qilgan edi.