O‘zbekistonda soxta “psixologlar” faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda
Tez orada Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritiladi, dedi deputat Shaxnoza Xolmaxamatova.
«Koʻp millionli auditoriyani oʻzida jamlayotgan ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatdik: haqiqatan ham, 5-6 ta risolani varaqlab chiqib, odamlarning ishonchiga kirib, ularning ruhiy, ma’naviy dunyosiga daxl qilayotgan “psixolog»lar koʻpayganini koʻrib turibmiz”, deb yozdi Xolmahamatova o‘z Telegram kanalida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, saylovchilar deputatlar bilan uchrashuvlarda ham shu muammoga e’tibor qaratishmoqda.
Xolmaxamatovaning aytishicha, qonun loyihasi O‘zbekistonda psixologlar faoliyatiga huquqiy asos yaratadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda tibbiy turizm dasturi ishga tushirilishi haqida e’lon qilgan edi.