O‘zbekistonda Turkiya, Janubiy Koreya va Hindiston tajribasi asosida yaratilgan «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Ushbu dastur doirasida xorijliklar O‘zbekistondagi klinikalarga borganlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bundan tashqari, o‘z xizmatlarini reklama qilish uchun xorijga ketayotgan shifokorlarning yo‘l va turarjoy xarajatlari qoplanadi.
Nihoyat, O‘zbekistondagi xususiy klinikalarning xalqaro sertifikatlash va respublikadan tashqarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ishtirok etishi uchun xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mashhur blogerlar uchun axborot sayohatlari tashkil etilmoqda.