Pensiyaga chiqish vaqti kelganda toʻlangan ijtimoiy soliqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Soliq qoʻmitasining bazasiga soʻrov yuborish orqali aniqlanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya tayinlashda fuqarolarning ma’lumotlari tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.
Jumladan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 2020-yildan buyon ijtimoiy soliq toʻlab kelayotgan boʻlsa, ushbu ma’lumotlar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan elektron reyestri bazasidan onlayn soʻrov yuborish orqali olinadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qancha odam yoshga doir pensiya olishi haqida xabar bergan edi.