Toshkentda Issiqkoʻlga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi
eʼlon qilindi
Ular juft kunlari yurishadi
Toshkentdan Qirgʻizistonning Issiqkoʻliga avtobuslar qatnay boshladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi.
Sohil bo‘yidagi Cho‘lpon-Ota shahriga qatnovlar juft kunlarda amalga oshiriladi. Toshkent avtovokzalidan jo‘nash vaqti soat 15:00. Narxi – 300 ming so‘m.
Yo‘nalish mavsumiydir. Unga Uzavtotrans Service tashkiloti mas’uldir.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida e’lon qilgan edi.