Yangiliklar

Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish bo‘yicha inspeksiya tashkil etiladi

Tashkilot Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida faoliyat yuritadi
Foto: ersler / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda alkogol va tamaki bozori ustidan nazorat kuchaytiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, shu maqsadda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

Inspeksiya Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, respublikada alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha litsenziya talablari joriy etilmoqda. Ishlab chiqarishda videokuzatuv o‘rnatish shular jumlasidandir. Zavodlar, shuningdek, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda sifat talablariga, identifikatsiya qilish yo‘li bilan aktsiz markalari va majburiy raqamli markirovkalashdan foydalanishga rioya qilishlari shart.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda aroq va vino ishlab chiqarish kamaygani, biroq pivo ko‘paygani haqida yozgan edi.