Yangiliklar

Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi

Tanlovlar 2025-yildan boshlanadi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda badiiy tarjima boʻyicha Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi.

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

  • oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • oʻzbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

Gʻoliblarning har biri maxsus diplom, koʻkrak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.