BMTning O‘zbekistondagi yangi koordinatori tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu lavozimni Sabine Mahl egalladi
Foto: BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi

Sabine Mahl BMTning Oʻzbekistondagi yangi doimiy koordinatori boʻldi, deb xabar qildi tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

Mahl xalqaro tashkilotlarda 22 yillik ish tajribasiga ega. U Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlarini boshqargan.

2007-yildan 2011-yilgacha YeXHTning etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarligi rahbari va katta maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2005 – 2007-yillarda YeXHTning Qirgʻizistondagi markazi rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlanishidan oldin Mahl Gruziyada xuddi shunday lavozimda ishlagan.

Avvalroq «Kursiv» Akmal Saidov BMT Inson huquqlari qo‘mitasi tarkibiga kiritilgani haqida yozgan edi. U ushbu tashkilotning IHQga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Shuningdek