Kichik atom elektr stansiyasining birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxiriga rejalashtirilgan

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yangiliklar muharriri
Bu haqda bosh pudratchi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: rafapress / www.depositphotos.com

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasining birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxiriga rejalashtirilgan. Bu haqda «Kursiv»ga «Rosatom» matbuot xizmati xabar berdi.

«Birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxiriga rejalashtirilgan, biz barcha bloklarni ishga tushirishni 2033-yilda yakunlaymiz, bosqichma-bosqich ishga tushiramiz. Yozning oxiri – sentabr oyining boshida qurilish maydonchasida tadqiqot ishlari, shuningdek, mutaxassislar uchun lager va qurilish uchun infratuzilma qurilishi boshlanadi», deyiladi «Rosatom» matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, AESning umumiy quvvati 330 MVtni tashkil qiladi (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor). «Rosatom» bosh pudratchi sifatida ishlaydi, qurilishda mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi.

Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurish loyihasi Rossiyaning soʻnggi ishlanmalariga asoslanadi. Bu RITM-200N suv bilan sovutilgan reaktor. RITM-200N ning issiqlik quvvati 190 MVt, elektr quvvati 55 MVt, xizmat muddati – 60 yilgacha.

Shuningdek