Pensiyani qancha odam naqdsiz shaklda oladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Pensiyaga jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda
Foto: bashta / depositphotos.com

Joriy yilning iyun oyi holatiga koʻra, 3,1 mln nafar fuqaro pensiyani naqdsiz shaklda olishi ma’lum boʻldi. Bu haqda Pensiyaga jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning iyun oyi toʻlov roʻyxatlariga 4 mln nafar pensiya oluvchilar kiritilgan. Ulardan pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchilar 3,1 mln nafarni yoki jami oluvchilarning 77 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek, pensiyani naqdsiz shaklda oluvchilarga iyun oyi uchun mablagʻlar toʻliq moliyalashtirib berilgani ta’kidlandi.

Pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy toʻlovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishi ma’lum qilindi.

Avvalroq «Kursiv» bola parvarishi davrida ish staji qanday hisoblanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek