Oʻzbekistondagi qaysi banklarda bolalar uchun plastik karta ochish mumkin
Oʻzbekistondagi toʻqqizta bankda bolalar uchun plastik karta ochirish mumkin. Bu haqda Bankers.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bolalar uchun kartaning aksariyat banklarda KIDS CARD nomi bilan yuritiladi va imkoniyatlari odatiy kartadan farqlanmaydi.
Garant bank
Garant bank UZCARD va HUMO tizimlarida rasmiylashtirish mumkin boʻlgan KIDS CARD bolalar kartalarini taqdim etadi.
Kartaning shartlari:
- 16 yoshgacha bolalar va oʻsmirlar uchun;
- amal qilish muddati — 5 yil;
- individual dizayndagi kartalar;
- kartani ochish bepul.
Ipoteka bank
Mazkur bank bolalar uchun HUMO JUNIOR va UZCARD KIDS kartalarini taklif qilmoqda.
Kartalarning qulayliklari va shartlari :
- 7 – 16-yoshdagi ota-onasi yoki vasiy qaramogʻidagi bolalar uchun;
- amal qilish muddati — 5 yil;
- karta ochish uchun xizmat haqqi olinmaydi.
Ushbu kartalar uchun bir necha foyda olish mumkin boʻlgan cheklovlar mavjud. Xususan, pul oʻtkazmalari va naqdlashtirish boʻyicha 1 oylik limit 1 mln soʻm hisoblanadi. Shuningdek, bolalar uchun kartalarda kredit operatsiyalari hamda shubhali saytlarda pulli amaliyotlar uchun ham cheklovlar mavjud.
Asia Alliance Bank
Mazkur bankda «Visa Junior» va «Humo Junior» kartalarini ochish imkoniyati bor:
- 14-16 yoshdagi oʻsmirlar uchun;
- kartalarni ochish faqatgina bank ofislari orqali;
- kartalarni ochish – bepul;
- amal qilish muddati Visa Junior – 3 yil, Humo Junior – 5 yil.
ANORBANK
ANORBANKʼda bolalar uchun ANOR JUNIOR UZCARD kartalari mavjud:
- kontaktsiz toʻlovlar;
- kartaga buyurtma berish narxi – 50 ming soʻm;
- karta foydalanuvchilari uchun jamoat transportlarida toʻlov 990 soʻm.
Davr bank
Davr bank filiallariga borib, bolalar uchun UZCARD yoki HUMO kartalariga buyurtma qilish mumkin:
- kartani ochish narxi – 100 ming soʻm;
- faqatgina bank filiallari orqali.
Tenge Bank
Tenge Bankʼda bolalar uchun hozirgi kunda HUMO kartalarini ochish mumkin.
- 7 – 16 yoshdagi bolalar va oʻsmirlar uchun;
- kartani ochtirish oddiy dizayn bilan bepul, individual dizayn bilan – 35 ming soʻm;
- Tenge24 ilovasi orqali oʻtkazmalar 3 mln soʻmgacha komissiyasiz.
Aloqabank
Ushbu bank «Bolalar HUMO“ kartasini taqdim qilmoqda. Kartaning qulayliklari va shartlari:
- 7 – 16 yoshdagi ota-onasi yoki vasiy qaramogʻidagi bolalar uchun;
- individual dizayndagi karta
- karta ochish narxi – 35 ming soʻm
- amal qilish muddati – 5 yil.
Kapitalbank
Kapitalbankda bolalar uchun “Visa Classic Kids» kartasini ochish mumkin.
Kartaning shartlari va afzalliklari:
- 14 – 16 yoshdagi oʻsmirlarga taqdim etiladi;
- kartani ochish narxi – 25 ming soʻm (2 dollar, 2 yevro);
- amal qilish muddati – 5 yil.
Mikrokreditbank
Ushbu bankda ham bolalar uchun UZCARD KIDS kartasini ochish mumkin. Xizmat narxi 45 ming soʻm. Kartalarni Mikrokreditbank’ning barcha filiallarida ochish mumkin.
Oʻzbekiston MB ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 1-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomalada 48,8 million bank kartalari mavjud. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga ko‘pdir.
Avvalroq «Kursiv» pensiyani qancha odam naqdsiz shaklda olishi haqida xabar bergan edi.