2024-yilning yanvar-may oylarida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) tomonidan 232,4 million dollarlik mahsulot eksport qilindi, deb xabar qildi korxona matbuot xizmati.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo hajmi 21 foizga kamaydi. Biroq eksport hajmi prognozdan 7 foizga oshib ketdi. Shu davrda OKMK tomonidan xorijga 20 ming tonna mis, 11 ming tonna rux, 310 tonna molibden mahsulotlari, shuningdek, 8,3 ming tonnadan ortiq qoʻrgʻoshin kontsentrati sotildi.
«Aytish joizki, kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan-yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023 yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi», deya aniqlik kiritdi kompaniya matbuot xizmati.
Eksport hajmi kamayganiga qaramay joriy yilning birinchi choragida AGMK sof foydasi yiliga qariyb 5 foizga o‘sib, 1,5 trillion so‘mga yetdi.
Avvalroq «Kursiv» 2024 yilning yanvar-aprel oylarida OKMK eksport hajmi deyarli 27 foizga qisqargani haqida yozgan edi.