O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda savdo vakolatxonalarini ochadi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida va Xitoyda
Rasm: AleksTaurus/Depositphotos

Yaqin kunlarda Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning yana uchta shahrida, shuningdek, Xitoyda O‘zbekistonning savdo uylari ochiladi. Bu haqda «Kursiv»ga eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulev xabar berdi.

 «Yaqin kelajakda Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tatariston (Qozon) va Boshqirdiston (Ufa) shaharlarida Oʻzbekistonning savdo vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda», dedi Rasulev.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston eksportchilari Rossiyaning ushbu shaharlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirgan.

Savdo uylari Rossiya mintaqalarining bozorlari va marketing strategiyalarini o‘rganishadi.

Assotsiatsiya vakilining aytishicha, O‘zbekiston Xitoy va Yevropa davlatlarida o‘nga yaqin savdo vakolatxonasini ochishni ham rejalashtirgan.

Avvalroq «Kursiv» Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek