Qurbon hayiti bayrami qaysi kunga to‘g‘ri keladi
Qoʻshni Qozogʻistonda Qurbon hayiti bayrami 17-iyun sanasiga belgilandi va mamlakat aholisi ketma-ket 15, 16 va 17-iyun kunlari dam oladi.
Oʻzbekistonda ham Qurbon hayiti 17-iyun kuni nishonlanishi kutilmoqda, lekin bu hozircha rasman tasdiqlangani yoʻq. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan Qurbon hayitining aniq sanasi e’lon qilinmagan. Agar bayram 17-may (dushanba) kuniga to‘g‘ri kelsa, o‘zbekistonliklar ko‘proq dam oladi.
Ma’lumot uchun, Qurbon hayiti Ramazon oyi tugaganidan keyin 70-kundan soʻng nishonlanadi. Har yili bayram sanasi, oy taqvimiga koʻra, taxminan 10 kunlik farq bilan oʻzgaradi.
Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti 10-aprel kuniga toʻgʻri kelgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Ramazon hayiti munosabati bilan Samarqandga qo‘shimcha reys qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.