Sirdaryoning Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Lavozimni Ziyadulla Karimov egalladi
Foto: O‘zA agentligi

Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zA agentligi.

Karimov tuman rahbari etib tayinlanguniga qadar Sirdaryo viloyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba viloyatining sobiq rahbari Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Avvalroq «Kursiv» Komiljon Mullajonov Sayxunobod tumaniga hokim bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek