Yangiliklar

Toshkentda momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Sinoptiklar ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

5-iyun, chorshanba kunining ikkinchi yarmida Toshkentda +32…+34° iliq bo‘lishi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Poytaxtda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin (Bofort shkalasi bo‘yicha 12 balldan olti ball).

Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +30…+35° boʻladi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 2024-yil iyun oyidagi ob-havo haqida yozgan edi.