Xitoyning 10 dan ortiq shaharlarida O‘zbekiston savdo uylari ochiladi. Bu haqda «Kursiv»ga eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulev ma’lum qildi.
Savdo uylari Rijou, Zibo, Yantai, Shenyang, Panjin, Shangxai, Guangjou, Nantong, Yangjou va boshqa shaharlarida ochilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shu tariqa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish to‘g‘risidagi apreldagi qarori amalga oshirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston savdo vakolatxonalari ochilishini e’lon qilgan edi.