Yaponiyada avtomobillarni sertifikatlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar soxtalashtirilgani aniqlangach, yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishtirokida mojaro avj oldi. Bu haqda «Reuters» nashri xabar bermoqda.
Unga koʻra, Yaponiya transport vazirligi Toyota, Mazda va Yamaha kompaniyalariga ayrim avtomobillarni yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi. Vazirlik tomonidan seshanba kuni Toyota kompaniyasining shtab-kvartirasida tekshiruv oʻtkazildi. Qolgan kompaniyalarda ham tekshiruvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Toyota korxonasida oʻtkazilgan tergovda qoidabuzarliklar 2014, 2015 va 2020-yillardagi oltita turli sinovlar davomida sodir boʻlgan. Gap uchta model: Corolla Fielder, Corolla Axio va Yaris Cross haqida ketmoqda.
Shuningdek, ushbu mojarolar fonida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning askiyalari ham sezilarli tushib ketdi.
Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors deyarli barcha Malibu avtomobilini sotib boʻlgani haqida xabar bergan edi.