6-iyun, payshanba kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida issiq suv o‘chirildi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
O‘chirishning sababi – muammolarni bartaraf etish va ta’mirlash. Ta’minot 22:00 gacha tiklanadi.
Issiq suv Chilonzor, Nafosat, Baynalminal ko‘chalari, 1, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 16-kvartallarda, shuningdek, Oqtepa massivida o‘chirilgan.
Avvalroq «Kursiv» aholining taxminan 23 foizi markaziy suv ta’minoti tizimidan foydalana olmasligi haqida yozgan edi.