Dollarning kursi pasayishga qaytdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bugun uning qiymati 12 659,97 so‘mni tashkil qildi

6-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 16,06 so‘mga pasaydi va 12 659,97 so‘mni tashkil qildi.
Respublika moliya institutlari dollarni 12 605 – 12 655 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 700 – 12 735 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni AQSh valyutasining o‘rtacha narxi 11 so‘mga ko‘tarilgan edi.