Firdavs Abduxalikov Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor etib tayinlandi
eʼlon qilindi
Tayinlovga qadar Kinematografiya agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi

Firdavs Abduxalikov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi.
Abduxalikov tayinlovga qadar Kinematografiya agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Firdavs Abduxoliqov 1963-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1985-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, Oliy iqtisodiy ma’lumotga ham ega.
Avvalroq «Kursiv» Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.