2024-yil may oyida O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz noqonuniy ishlatilishidan ko‘rilgan zarar 5,3 million dollardan (67,8 milliard so‘mdan) oshdi. Bunday qoidabuzarliklar ko‘pincha Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida qayd etilgan, deb xabar berdi «O‘zenergoinspektsiya».
O‘tgan oy davomida respublikada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 971 holat qayd etilgan.
Mamlakatda 39,3 milliard so‘mlik 46 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 28,4 milliard so‘mlik 18 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda energiya resurslarini asossiz isrof qilganlik uchun jarima joriy etilishi mumkinligi haqida yozgan edi.