Yangiliklar

Oʻzbekiston Markaziy banki ilk bor xorijiy davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritdi

Jahon banki missiyasining tashrifi doirarsida
Foto: Markaziy bank

Jahon banki missiyasining tashrifi doirasida Markaziy bank tomonidan xorijiy davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 27–31-may kunlari Jahon banki Gʻaznachiligi ekspertlarining texnik koʻmak missiyasi boʻlib oʻtdi.

Missiya davomida xalqaro zaxiralarni boshqarishda diversifikatsiyaning ahamiyati, jumladan, xorijiy davlatlar qimmatli qogʻozlarni zaxiralar tarkibiga kiritish, xatarlarni baholash boʻyicha maxsus treninglar oʻtkazildi.

Xususan, qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishda risklarni boshqarish, savdo va hisob-kitob amaliyotlarini oʻtkazish, buxgalteriya hisobi va komplayens-nazoratni amalga oshirish masalalari yuzasidan malaka oshirildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda muammoli kreditlar ulushi qariyb 5 foizga yetgani haqida xabar bergan edi.