Yangiliklar

O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalari marketing va dizayn bo‘yicha yordam oladi

UNIDO shunday loyihani ishga tushirmoqda
Rasm: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirmoqda, deb xabar berdi Rossiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi.

Rossiya tomoni tashabbusda investor sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi ham ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida ular O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalari faoliyatiga marketing, dizayn va brendingning zamonaviy usullarini joriy qilmoqchi. Bu kichik va o‘rta biznesning yangi eksport bozorlariga kirishini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Rossiya elchixonasining ta’kidlashicha, UNIDO bilan yengil sanoat sohasida qoʻshma loyihalar «ayniqsa samarali» ekanini koʻrsatmoqda.

«Kursiv» O‘zbekistonda eksport qilinadigan to‘qimachilik mahsulotlari va elektr jihozlari narxlari nazorat qilinishini e’lon qilgan edi.