Endilikda Rossiya Federatsiyasi, Belarus va O‘zRning kichik va o‘rta biznes subyektlari qo‘shma loyihalar uchun kafolat va nomoliyaviy yordam olish uchun yagona darcha orqali bog‘lanishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida mazkur davlatlar tashkilotlari vakillari tomonidan kelishuv imzolandi.
Agar ilgari tadbirkorlar yordam so‘rab faqat milliy institutlarga murojaat qilgan bo‘lsa, endi ular hamkor davlatlarning vakolatli tashkilotlaridan yordam so‘rashlari mumkin. Kelgusida bu kelishuvga Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Hujjat tadbirkorlik sohasida tajriba va ilg‘or amaliyot almashish, kichik va o‘rta korxonalarning saralangan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’minot zanjirlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, KO‘B subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish va aniq loyihalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq «Kursiv» Buxoroda kichik biznes subyektlariga 2,1 trln so‘m ajratilishi ma’lum qilinganini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zRda xorijiy ishtirokdagi 1,2 mingdan ortiq korxonalar paydo bo‘ldi.