Shavkat Mirziyoyevni Turkiyada qanday kutib olishdi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaning Anqara shahriga yetib keldi. Davlat rahbari 6-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Strategik sheriklik kengashi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi siyosat, savdo, ta’lim, madaniyat, transport va sarmoya sohalaridagi hamkorlik muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, davlat rahbarlarining Turkiya va Oʻzbekiston kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Anqara aeroportida Shavkat Mirziyoyev va unga hamrohlik qilayotgan rafiqasini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabriklagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek