Uzcard va Humo kartalaridan to‘lov amalga oshirish vaqtincha to‘xtatildi

eʼlon qilindi
“Kursiv” muxbiri aniqlik kiritdi
Rasm: pressmaster/Depositphotos

6-iyun kuni, ertalabdan Humo va Uzcard tizimlarida texnik nosozliklar sabab mobil ilovalar orqali pul oʻtkazish operatsiyalarida muammolar yuzaga keldi, deb xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.

Nima sababdan mobil ilovalar orqali pul oʻtkazish operatsiyalarini amalga oshirib boʻlmayotganiga oydinlik kiritish maqsadida «Kursiv» muxbiri shahar banklardan biriga murojaat qildi.

«Uzcard va Humo toʻlov tizimlarida texnik ishlar olib borilayotgani tufayli kartalardan pul oʻtkazmalari vaqtincha toʻxtatilgan. Qachondan yana ishga tushishi haqida hozircha aniq ma’lumot yoʻq, lekin kun davomida muammolar bartaraf qilinadi», deydi bank xodimi.

Biroq Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining rasmiy sahifalarida texnik nosozliklar haqida ogohlantirish bo‘lmagan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Uzcard va Humo’da p2p pul o‘tkazmalari ommalashgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek