Yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkor ish stajiga ega boʻlishi mumkinmi

Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan har oyda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlanib borilsa, ish staji hisobida inobatga olinadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda faqatgina ijtimoiy soliq toʻlangan davr pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor oʻzi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda toʻlash huquqiga ega.

Avvalroq «Kursiv» harbiy xizmat davr ish stajiga qoʻshib hisoblanilishi haqida xabar bergan edi.