Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuhrat Rizayev 2017-yildan buyon agentlik direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida faoliyat yuritgan.
Avvalroq «Kursiv» agentlikning oldingi direktori Firdavs Abduxalikov Islom sivilizatsiyasi markaziga rahbar etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.