Joriy yilning 1-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 556 mingtani tashkil qildi. Shundan 36 mingtasi yanvar–may oylarida roʻyxatdan oʻtgan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Yuridik shaxslar faoliyatlarini eng ko‘pi savdo sohasida — 145,2 mingtani tashkil qiladi. ikkinchi o‘rinda — 123,3 mingta bilan qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi joy oldi. Uchlikni 65,7 mingta bilan sanoat sohasi yakunlab berdi.
Hududlar kesimida esa eng ko‘p yuridik shaxslar Toshkent shahrida — 102 ta qayd etildi. Shuningdek, Farg‘ona va Toshkent viloyatida mos ravishda 49 va 48 mingtani tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish korxonalari qancha soliq toʻlagani haqida xabar bergan edi.