Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasining ordeni bilan taqdirladi, deb xabar berdi O‘zR prezidenti matbuot xizmati.
«Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir», dedi Mirziyoyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, orden olish u uchun katta sharafdir.
Turkiya Respublikasi ordeni Turkiyaning eng oliy davlat mukofotidir. Bu mamlakat bilan aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan arboblarga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Mirziyoyev va Erdo‘g‘on oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishgan edi.